SamDCHTI qoshidagi Konfusiy Institutining Turizm va maishiy xizmat kasb-hunar kollejida taqdimoti bo’lib o’tdi
Самарқанд давлат чет тиллар институти жамоавий блоги2015 yil 23 yanvar kuni Samarqand shahridagi Turizim va maishiy xizmat kasb-hunar kollejida Samarqand davlat chet tillar instituti qoshida tashkil etilgan Konfusiy Institutining taqdimoti bo’lib o’tdi. Ushbu tadbirdan ko’zda tutilgan maqsad kollej o’quvchilarning xitoy tiliga bo’lgan qiziqishlarini oshirish, ularning ushbu tilni chuqur o’rganishlariga amaliy yordam ko’rsatishdan iborat.
Tadbirda so’zga chiqqan Konfusiy institutining Xitoy Xalq Respublikasi tomonidan direktori, janob Liyu Tao, O’zbekiston tomonidan direktori prof. Sh. Safarov va boshqalar O’zbekistonning jahon hamjamiyatida tutgan o’rni, ko’plab rivojlangan davlatlar, jumladan XXR bilan siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy-madaniy sohalardagi aloqalarning rivojlanib borayotganligi, xususan turli bosqichdagi ta’lim yo’nalishidagi aloqalar yaxshi samara berayotganligi to’g’risida fikr bildirishdi.